Shunga mos ravishda joriy yilning oʻtgan davrida ham koʻrsatkichlar ancha yuqorilagan boʻlib, 9 million 500,1 ming dollarlik eksport amalga oshirilgan. Jumladan, eksport qilingan mahsulotlar orasida qizilmiya ekstrakti, qurilish materiallari, oziq-ovqat mahsulotlari kir yuvish kukuni, qurilish mahsuotlari, mebel jihozlari, mineral oʻgʻit, dukkakli-poliz mahsuolotlari va mevalarga talab yuqori boʻlgan. Import qilingalari esa asosan santexnika buyumlari, kimyoviy va qandolat mahsulotlari, tibbiyot uskunalari, qurilish materiallaridir.

Galdagi vazifa esa importni kamaytirish va eksportni yana-da oshirishdir. Buning uchun viloyat hokimligi tomonidan tuman-shaharlarda faoliyat yuritayotgan korxonalarni rivojalantirish, yangilarini tashkil etish borasida tizimli ishlar qilinayapti.

Shuningdek, oʻzaro iqtisodiy hamkorlikni yana-da mustahkamlash maqsadida Bekobod tumani Oybek chegara posti hamda Tojikiston Respublikasi davlati chegara posti yaqinida 9,8 gektar maydonda logistika markazi hamda savdo zonasi tashkil etilishi rejalashtirilgan. Buning natijasida mintaqada savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirilib, Toshkent viloyatining transport-tranzit salohiyati yana-da rivojlanadi.