Davlat xavfsizlik xizmatining Chegara qoʻshinlari va Samarqand viloyati boʻyicha boshqarmasi hamda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda yashirilgan xufiya joy aniqlanadi ushbu giyohvandlik vositasi ashyoviy dalil sifatida olindi.
Shuningdek, tezkor tadbir davom ettirilib, 1996-yilda tugʻilgan qonunbuzarning koʻrsatmasi asosida, muqaddam dala maydoniga yashirib qoʻyilgan 1 kg 953 gr “metamfetamin” sintetik narkotik moddasi ham olindi.
Boshqa holatda esa Surxondaryo viloyatining Uzun tumanida yashovchi, 1994 va 1997-yillarda tugʻilgan 2 nafar shaxs va Tojikiston Respublikasining Tursunzoda tumanida istiqomat qiluvchi, 1997-yilda tugʻilgan Tojikiston fuqarosi davlat chegarasini buzgan holda, 30 kg 357 gr “opiy” moddasini mamlakatimiz hududiga olib oʻtgan vaqtlarida Chegara qoʻshinlari harbiy xizmatchilari tomonidan qoʻlga olindi.
Aniqlanishicha, ular tojikistonlik narkosavdogarga tegishli ushbu zahri qotilni maʼlum bir haq evaziga belgilangan manzilga yetkazib berishlari kerak boʻlgan.
Shuningdek, tezkor tadbir davom ettirilib, mazkur giyohvandlik vositasining buyurtmachisi hisoblangan – Denov shahrida yashovchi, 1986-yilda tugʻilgan shaxs ham qoʻlga olindi.
Hozirda har ikki holat boʻyicha Jinoyat Kodeksining 246 va 273-moddalari bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, qonunbuzarlarga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qoʻllanildi.








