Quvonarlisi, Islam Aslanov 26.35 soniya vaqt bilan 1-o‘rinni egalladi. 26.72 soniya vaqt sarflagan yana bir hamyurtimiz Muzaffar Tursunxo‘jayev 3-o‘rinni band qildi. Shu tariqa ikkala vakilimiz ham final bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
Ayollar o‘rtasidagi bahslarda Shohsanamxon Toshpo‘latova 30.79 soniya vaqt bilan 1-o‘rinni egallagan holda final yo‘llanmasini naqd qildi. Afsuski, Nigoraxon Mirzohidova hamda Muslima Odilova saralashdan o‘ta olmadi.
Hamyurtlarimiz ishtirokidagi final bahslari bugun Toshkent vaqti bilan soat 15:32 da boshlanadi.