Tokio-2021 Paralimpiya oʻyinlarida navbatdagi medalimizga Nurxon Qurbonova mualliflik qildi

    Sport 30 Avgust 2021 2815

    Para -yengil atletikachimiz Nurxon Qurbonova delegatsiyamizga navbatdagi medalni keltirdi. Sportchimiz yadro uloqtirish bahsida bronza medaliga sazovor boʻldi.

    F54 toifasida kechgan bahsda Qurbonova 7.77 metr natija qayd etib, shaxsiy koʻrsatkichini yangiladi. Shu bilan birga ushbu natija unga bronza medalini ham taqdim qildi. Qayd etish joiz, Qurbonova musobaqa davomida yana nayza uloqtirish boʻyicha ham oʻz omadini sinab koʻradi, deb xabar beradi Milliy Olimpiya qoʻmitasi matbuot xizmati.

    Shu tariqa ushbu Paralimpiadadagi medallarimiz 5 ta oltin, 4 ta kumush va 5 ta bronzaga yetdi.