Tokio-2021: Balandlikka sakrash boʻyicha Safina Sadullayeva finalga chiqdi

    Sport 5 Avgust 2021 2729

    Olimpiya oʻyinlari dasturidan oʻrin olgan yengil atletikaning balandlikka sakrash yoʻnalishida bugun saralash bahslari oʻtkazildi.

    Ushbu yoʻnalishda vatanimiz sharafini ikki nafar sportchimiz himoya qildi. Oʻzining toʻrtinchi olimpiadasida qatnashgan tajribali Svetlana Radzivil Tokio-2020 Olimpiya oʻyinlari bilan xayrlashdi. U saralash bahslarida 1.93 metrlik balandlikdan oʻta olmadi.

    1.90 metr balandlikni 3-urinishida zabt etgan Radzivil oʻz guruhida 10-oʻrinni egalladi.

    Ushbu dasturda qatnashgan ikkinchi vakilamiz Safina Sadullayeva esa final yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi. U saralashda 1.95 metr natija qayd etdi. Final bahslari 7-avgust kuni oʻtkaziladi, deb xabar beradi Turizm va sport vazirligi matbuot xizmati.