Tokio Olimpiadasida ishtirok etgan qashqadaryolik qizga “Prezident sovgʻasi” topshirildi

    Sport 17 Avgust 2021 1683

    Xabaringiz bor, Yaponiya poytaxti Tokio shahrida XXXII yozgi Olimpiada bahslarida Kitob tumanida tavallud topgan Rayhona Qodirova ham munosib ishtirok etdi.

    Shu bois, davlatimiz rahbari tomonidan Olimpiada bahslarida munosib ishtirok etib, minglab sportchi qizlarga haqiqiy oʻrnak boʻla oladigan Rayhona Qodirovaga “Prezident sovgʻasi”- “Nexia-3” mashinasi topshirildi.

    Shuningdek, Rayhonaga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan “Kelajak bunyodkori” medali topshirildi.

    Maʼlumot oʻrnida, qashqadaryolik bokschi qiz Olimpiada bahslarida 2 ta jang oʻtkazib, birinchi bahsda gʻalabani qoʻlga kiritgan boʻlsa, ikkinchi jangida esa braziliyalik raqibasiga imkoniyatni boy berib qoʻygan edi.