Poytaxtimizdagi Milliy matbuot markazida “Xalqaro olimpiya kuni” va “Tokioga 30 kun” mavzulariga bagʻishlangan anjuman boʻlib oʻtdi.
Tadbirda mutasaddilar bugungi kungacha Oʻzbekiston sportchilari yozgi olimpiya oʻyinlariga 72 ta, paralimpiya musobaqalariga esa 29 ta, jami 101 ta yoʻllanmani qoʻlga kiritishganini aytishdi. Lekin bu hali chegara emasligi, oldinda bir qator litsenzion musobaqalar borligi taʼkidlandi.
Toʻlqin ROʻZIYEV.