Samarqand viloyati delegatsiyasining Yaponiya Respublikasiga tashrifi davomida Oʻzbekiston Respublikasining Yaponiyadagi elchixonasi binosida “Samarqand–Yangi Oʻzbekistonning turizm darvozasi” targʻibot kompaniyasi oʻtkazildi.
Targʻibot kompaniyasi doirasida Samarqand viloyat turizm salohiyati, sayyohlar uchun viloyatda yaratilgan ifratuzilma obyektlari hamda oʻzbek xalqining boy tarixiy-madaniy merosi toʻgʻrisida olib borilgan targʻibot ishlari yaponiyaliklarda katta taassurot uygʻotdi.
Yaponiya turizm sohasi vakillari bilan xorijiy sayyohlarni yurtimizga jalb etish, turizm sohasida amalga oshirilgan ishlar va yaratilgan imkoniyatlar hamda soʻnggi yillarda Samarqandda tashkil etilgan yangi turizm mahsulotlari tashrif buyuruvchilarga taqdim etildi. G2B, B2B formatidagi uchrashuvlar tashkil etilib, tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida hamkorlik aloqalarini yoʻlga qoʻyish boʻyicha dastlabki kelishuvlarga erishildi.
Shuningdek, turizm sohasida investitsiya kiritish istagida boʻlgan investorlar bilan uchrashuvlar oʻtkazildi.