Mahalliy OAV ning xabar berishicha, unda ko‘k tuna baʼlig‘i 789 ming AQSH dollariga sotilgan. Ushbu baliq Aomori port shahri qirg'oqlarida tutilgan.
Mamlakatda sodir bo‘lgan zilzila sabab Toyosu bozoridagi savdogarlar auksionni bir daqiqalik sukut bilan boshlashdi.
Qizg‘in davom etgan jarayondan so‘ng, 238 kilogrammlik qimmatbaho baliqni Tokioning Gindza tumanidagi sushi restorani yutib olgan.
Baliq uchun toʻlangan narx COVID-19 pandemiyasidan keyingi bo‘lgan savdolar ichida rekord narx deb hisoblanmoqda.