Uzum yetishtirish mashaqqat va qunt talab qiladi. Uzumdan mo‘l hosil olish uchun unga ishlov berish, parvarishlash lozim bo‘lsa uni sovuqdan asrash, nobud bo‘lishidan saqlash uchun albatta ko‘mish zarur. Ko‘milgan tok novdalari esa qishning izg‘iriniyu, sovug’idan omon qoladi, dehqonning hosiliga baraka beradi. 

Uzumni yurtimizning turli hududlarida turlicha ko‘mishga odatlanishgan. Misol uchun Samarqand viloyatining Ishtixon tumani dehqonlari odatda toklarni tuproq bilan ko‘madi. Tog‘ hududlariga yaqin toshloq yerlarda esa pichan, somon, turli tuman xashaklar, salafanlarga o‘ragan holda ko‘mishga odatlanishgan. 

Ko‘milmay qolgan toklarni sovuq kunlarda asrash uchun esa tokzorlar oralatib dudlar qo‘yish (somon, xashaklar, o‘tin, yog‘och qipig‘i) tavsiya etiladi. Bu agrotexnik tadbirlar tok novdalarining deyarli 70 foizgacha bo‘lgan holatda saqlab qolishga turtki bo‘ladi. Dudlar qo‘yib, tutun orqali himoyalashda shamolning yo‘nalishini ham inobatga olish lozim. Shamol kelayotgan tarafdan boshlab dudlar qo‘yish maqsadga muvofiq sanaladi.