Toʻlaganov Hojiakbar “Oʻzkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati raisining matbuot kotibi etib tayinlandi

    Mamlakatimizda 22 Oktabr 2024 913

    Toʻlaganov Hojiakbar Tohirjonovich “Oʻzkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati Boshqaruvi raisining matbuot kotibi – axborot siyosati masalalari boʻyicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi.

    U 1979 — yilda Toshkent shahrida tugʻilgan. U bunga qadar Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi tizimida, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatida matbuot kotibi lavozimida faoliyat yuritgan.

    Tayinlov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining xulosasi asosida amalga oshirildi.