Oradan biroz vaqt o'tib fuqaro “H-O” XK xodimlariga uchrashganida ushbu qurilish joyini boshqa quruvchi tashkilot sotib olgani va shu sababli fuqaroning barcha to'lovlari qaytarib berilishini bildirgan. Ammo to'langan pul turli vajlar bilan o'z vaqtida qaytarib berilmasdan kelayotganidan norozi bo'lgan fuqaro Navoiy shahar iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qilgan.
Iste'molchining murojaati o'rganilib, xizmat ko'rsatuvchi tashkilot bilan olib borilgan muzokaralar natijasida fuqaro tomonidan to'langan mablag'ning 212 million 212 ming so'mi qaytarib olib berildi. Ammo qolgan 14 million 348 ming so'm mablag'ni qaytarish qarzdor korxona tomonidan turli vajlar bilan paysalga solinavergach, fuqaroning buzilayotgan huquqini himoya qilish maqsadida Navoiy shahar iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan Fuqarolik ishlari bo'yicha Karmana tumanlararo sudiga ko'rib chiqish uchun da'vo ariza kiritildi.
Sud jarayonida fuqaroga etkazilgan moddiy zarar uchun javobgardan 14 million 348 ming so'm, davlat daromadi uchun 4 million 693 ming 920 so'm, ma'naviy zarar uchun 5 million so'm, pochta xarajati uchun 33 ming so'm, jami 24 million 74 ming 920 so'm undirish to'g'risida qaror qabul qilindi.