Davlat soliq qoʻmitasi bu haqdagi statistikani maʼlum qildi.
Xususan, avgust oyi uchun 787 937 nafar isteʼmolchiga 80,9 mlrd. soʻm keshbek toʻlangan.
Shuningdek, kamchiliklar bartaraf etilishi natijasida – yanvar-iyul oylari uchun yana 2,7 mlrd. soʻm keshbek tasdiqlandi.
Yil boshidan buyon 1 168 591 nafar fuqaroga 421,3 mlrd. soʻm keshbek toʻlab berildi.