Tolibboy Yoʻldashev – Paralimpiya oʻyinlari chempioni boʻldi

    Sport 6 Sentabr 2024 293

    Para yengil atletika boʻyicha erkaklar oʻrtasida F37 klassida disk uloqtirish dasturida final bahsi yakunlandi.

    Para yengil atletika boʻyicha erkaklar oʻrtasida F37 klassida disk uloqtirish dasturida final bahsi yakunlandi.

    Ushbu yoʻnalishda ishtirok etgan hamyurtimiz Tolibboy Yoʻldashev 57.28 metr natija qayd etgan holda delegatsiyamizga navbatdagi oltin medalni qoʻshib qoʻydi.

    Umumjamoa hisobida hozircha 11-oʻrindamiz, hisobimizda 20 ta medal bor:

    9 ta oltin;

    6 ta kumush;

    5 ta bronza.

    Oltinlar soni boʻyicha tarixiy rekord oʻrnatildi. Bungacha na Olimpiya oʻyinlarida, na Paralimpiya bahslarida 9 ta oltin medal olinmagan edi.