Tijorat banklarining kiberxavfsizlik va karta biznesi boʻyicha mutaxassislari ishtirok etgan forumda mavzu yuzasidan oʻzaro fikrlar almashildi. Forumda toʻlov kartalari bilan bogʻliq ijtimoiy injeneringni asosiy firibgarlik sxemalari va risklari hamda firibgarliklarning oldini olish yechimlari va usullariga toʻxtalib oʻtildi.
Forum davomida “Mastercard” vakillari tomonidan toʻlov kartalari industriyasidagi firibgarliklarning usullari va sxemalari, ijtimoiy injeneriya bilan bogʻliq firibgarlik turlari, ekvayring risklari va ularni kamaytirish boʻyicha maʼlumot berildi. Savdo-servis tashkilotlari va servis provayderlari bilan ishni tashkil etish boʻyicha asosiy talab va yondashuvlar tushuntirildi. Forum ishtirokchilari mavzu yuzasidan oʻzlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan atroflicha javoblar olishdi.