Bu haqda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Buning uchun kontrakt.edu.uz tizimidan roʻyxatdan oʻtib, ariza yuborish mumkin.

Arizalar oliy taʼlim muassasasi qabul komissiyasi tomonidan tasdiqlanib, QR-kodli toʻlov-shartnomasi shakllantiriladi.

Tasdiqlangan shartnomani yuklab olib, belgilangan toʻlovlarni oʻz vaqtida amalga oshirish kerak.

Bundan tashqari, shartnoma uchun arizalarni “Kontrakt Edu” mobil ilovasi orqali ham joʻnatish mumkin.