Toʻlov xizmatlari bozorini yanada rivojlantirish masalalari muhokama etildi

    Moliya 22 Sentabr 2023 855

    Markaziy bankda Mastercard kompaniyasi vakillari bilan navbatdagi uchrashuv boʻlib oʻtdi.

    Uchrashuvda hamkorlikning joriy holati, shuningdek, hamkorlik toʻgʻrisidagi memorandum doirasida olib borilayotgan tadqiqot loyihasining dastlabki natijalari muhokama etildi. Xususan, toʻlov xizmatlari bozorini yanada rivojlantirish va naqd pulsiz toʻlovlar ulushini oshirish maqsadida 8 ta ustuvor yoʻnalishlar boʻyicha takliflar ishlab chiqilgani qayd etildi.

    Loyihaning keyingi bosqichida tomonlar kiberxavfsizlik, raqamli toʻlovlar, moliyaviy savodxonlik va toʻlov infratuzilmasi kabi ustuvor yoʻnalishlarda amaliy ishlarni davom ettirishga kelishib oldilar, deb xabar beradi Markaziy bank matbuot xizmati.