Qabul yakuniga ko'ra onlayn ro'yxatdan o'tgan va ta'lim yo'nalishlarini tanlagan abituriyentlar soni 1 214 232 nafarni tashkil etdi. Ma'lumki, test sinovlari uchun to'lovni amalga oshirmagan abiturientlar ro'yxatdan o'tmagan hisoblanadi va test sinovlarida ishtirok eta olmaydi.
27 iyul kuni (qabulning so'nggi kuni) ham ko'plab abiturientlar onlayn ro'yxatdan o'tgani va aksariyati to'lovni amalga oshirishga ulgurmagani sababli ularga qo'shimcha imkoniyat berildi.
Unga ko'ra test sinovi uchun to'lovni amalga oshirishga ulgurmagan abituriyentlar 28 iyul kuni soat 18:00 qadar to'lovni amalga oshirishlari mumkin. Bu haqida Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi xabar bermoqda.