Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti maʼlumotiga ko‘ra, unda vazirlik jamoasi tengsiz ekanligini namoyon etgani holda birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Qurolli Kuchlar davlat muzeyida «To‘maris izdoshlari—2022» g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda mudofaa vazirining o‘rinbosari, polkovnik Hamdam Qarshiyev ishtirok etdi.
Vazir o‘rinbosari mamlakatimizda harbiy xizmatchi ayollarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning o‘rni va rolini oshirish, isteʼdodlarini namoyon qilishlari bo‘yicha keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilayotganini taʼkiladi. Shuningdek, ushbu tanlovda g‘oliblikni qo‘lga kiritganlar afsonaviy To‘maris kabi o‘z vatanparvarligini namoyish etgan lobar, maftunkor, oqila harbiy xotin-qizlar ekanligini alohida qayd etdi.
Tanlov g‘oliblariga tashakkurnoma, qimmatbaho esdalik sovg‘alari hamda g‘oliblar uchun ajratilgan pul mukofotlari topshirildi.