Tomorqasida 55 ming tupdan ortiq koʻknori oʻstirayotgan shaxs ushlandi

    Fargʻona viloyati Dangʻara tumanida yashovchi fuqaro tomorqasida 55 ming tupdan ortiq koʻknori oʻstirayotgan aniqlandi.

    IIV matbuot xizmatining xabar berishicha, viloyatning Dangʻara tumanida oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaroning tomorqasida 55 ming tupdan ortiq koʻknori va 40 dan ortiq nasha oʻsimligini oʻstirilayotgani aniqlangan.

    Shuningdek, uy boloxonasida 600 grammdan ortiq quritilgan nasha giyohvandlik moddasini saqlayotgani fosh etilgan.

    Fargʻona shahrida oʻtkazilgan tadbir davomida esa “Tabassum” mahallasida yashovchi, 1992-yilda tugʻilgan shaxs oʻz xonadonida 10,9 kg “opiy”, 10 gramm “gashish” giyohvandlik moddasini sotish maqsadida saqlab kelayotgani aniqlangan.