Tomsk yaqinida yuz bergan suv toshqini tufayli 140 ga yaqin uy suv ostida qolmoqda

    Tomsk yaqinidagi (Rossiya Federatsiyasi) qishloqlar va bog'dorchilik xo'jaliklaridagi deyarli 140 ta uy suv ostida qolmoqda.

    Bu haqda Tomsk tumani rahbari Vyacheslav Chernous ijtimoiy tarmoqlarda ma'lum qildi.

    Uning aniqlik kiritishicha, suv toshqini yuz bergan hududdan jami 84 kishi, jumladan, sakkiz nafar bola evakuatsiya qilingan. Vaqtinchalik joylashtirish markazida 12 kishi, jumladan, uch nafar bola bor, deb xabar beradi report.az.