Toʻqqizta viloyatda sel kelish xavfi eʼlon qilindi

    Yashil sayyora 27 May 2025 742

    Togʻ oldi va togʻli hududlarda istiqomat qiluvchi, dam oluvchi va harakatlanuvchi fuqarolardan ehtiyot choralarini koʻrish soʻralmoqda.

    “Oʻzgidromet” agentligining xabar berishicha, shu yilning 28-maydan 2-iyungacha kutilayotgan yomgʻir sababli respublikaning quyidagi togʻ oldi va togʻli hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

    Qashqadaryo viloyati:

    • Yakkabogʻ, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi, Gʻuzor tumanlarida;

    Surxondaryo viloyati:

    • Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Shoʻrchi, Qumqoʻrgʻon, Muzrobod tumanlarida;

    Samarqand viloyati:

    • Urgut, Samarqand, Bulungʻur, Nurobod, Qoʻshrabot, Kattaqoʻrgʻon, Payariq, Jomboy, Ishtixon tumanlarida;

    Navoiy viloyati:

    • Xatirchi, Navbahor, Nurota, Konimex, Karmana tumanlarida;

    Jizzax viloyati:

    • Zomin, Baxmal, Gʻallaorol, Sharof Rashidov, Forish, Yangiobod tumanlarida;

    Toshkent viloyati:

    • Ohangaron, Boʻstonliq, Parkent, Piskent, Oʻrtachirchiq, Yuqori Chirchiq tumanlarida va Angren, Olmaliq shaharlarida;

    Namangan viloyati:

    • Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqoʻrgʻon tumanlarida;

    Fargʻona viloyati:

    • Soʻx, Shohimardon, Fargʻona, Beshariq tumanlarida;

    Andijon viloyati:

    • Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qoʻrgʻontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xoʻjaobod, Marhamat tumanlarida va Xonabod shahrida sel kelish xavfi eʼlon qilindi.