Ayni kunlarda quyosh panellarini oʻrnatish va montaj qilish ishlari boshlab yuborilgan.

Mazkur stansiya foydalanishga topshirilgach, dastlabki hisob-kitoblarga koʻra, yiliga 1,9 mln kVt•soat elektr energiyasi ishlab chiqaradi.

Natijada yiliga 54 ming kub metr tabiiy gaz iqtisod qilinadi, deyiladi Energetika vazirligi matbuot xizmati xabarida.