Toʻraqoʻrgʻonda uch egizak tugʻildi

    Ijtimoiy hayot 3 Yanvar 2023 1605

    Namangan viloyati Toʻraqoʻrgʻon tumanidagi Yortepa koʻcha mahallasida yashovchi Xudoyberdiyev Akmaljon hamda Maftuna Qurbonovalar oilasida 3-yanvar kuni bir yoʻla uch farzand dunyoga keldi.

    Bu haqda Toʻraqoʻrgʻon tuman hokimligining Axborot xizmati maʼlum qildi.

    Ularning hammasi qizaloq.

    Tugʻruqxona shifokori Samiyaxon Isoqovaning aytishicha, tumanda oxirgi marta 2016-yilda shunday uch egizak tugʻilgan.

    Egizaklar va ona sogʻlom.