Ayniqsa, xodimlarning turmush sharoitini yaxshilash, ularni uy-joy bilan taʼminlash hamda ijtimoiy ragʻbatlantirish, farzandlarining sifatli taʼlim va tibbiy xizmatlardan foydalanish tizimi mutlaqo yangi bosqichga koʻtarildi.

​Ana shunday cheksiz gʻamxoʻrlik va yuksak eʼtiborning navbatdagi hayotiy tasdigʻi Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasida xizmat qilayotgan xodimning xonadoniga quvonch va baxt boʻlib kirdi.

​Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi Yoʻl-patrul xizmati batalyoni videokuzatuv guruhi kichik inspektor-operatori safdor Odiljon Abdullayevning xonadonida unutilmas, tarixiy voqea yuz berdi — qahramonimiz bir yoʻla 4 nafar egizak farzandning otasiga aylandi. Bu nafaqat bir oilaning, balki butun tizimning quvonchiga sabab boʻldi.

​Farzandlar dunyoga kelishi munosabati bilan, baxtiyor oilaga Ichki ishlar vazirligi tomonidan yangi, zamonaviy 3 xonali xonadon kaliti sovgʻa qilindi.

​Tizimda yaratilgan sharoitlar tufayli xodimga koʻrsatilgan bunday eʼtibor va kutilmagan tuhfa yurt osoyishtaligi yoʻlida tunu kun xizmat qilayotgan har bir xodimning koʻnglida davlatga, Vatanga va kasbiga boʻlgan sadoqatini yanada mustahkamlaydi.