O'zbekiston iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining hududiy birlashmalariga kelib tushgan murojaatlarda Namangan shahri, Mingbuloq, Kosonsoy, Namangan, Norin, Pop, Uychi, Uchqo'rg'on, Chortoq va Yangiqo'rg'on tumanlaridagi jami 389 mahalla yuqorida keltirilgan MCHJlar bilan shartnoma imzolagan.
Ammo qish mavsumidagi anomal sovuq vaqtida korxona avtomobillari va maxsus texnika vositalariga yonilg'i quyish bo'yicha muammolar yuzaga kelgani sababli, yanvar, fevral oylari davomida qatnov jadvali yo'nalishi bo'yicha MFYlarga to'liq xizmat ko'rsatish imkoni bo'lmagan.
O'rganish natijalariga ko'ra, “Toza hudud” DUK, “Namangan musaffo iqlim”, “Orif nurli kelajak” va “Chashmai safed-gaz” MCHJlar tomonidan qattiq maishiy chiqindilarni to'plash va olib ketish bo'yicha to'liq xizmatlar ko'rsatilmagan davrlar uchun jami 3 milliard 865 million 841 ming 500 so'm to'lovlarning aholidan undirilishi bekor qilindi.