To'rt ming yoshli “narda” topildi

    Arxeologlar tomonidan Ummoning Kumayra vodiysida olib borilgan qazishma ishlari natijasida toshdan yasalgan o'yin doskasi topildi.

    Topilmaning yoshi 4 ming yil deb taxmin qilinmoqda.

    Qazishma ishlari Varshava universiteti hamda Ummon turizm vazirligi mutaxassislari boshchiligida olib borildi.

    Bunday doskalarda o'yin qoidalari qanday bo'lgani noma'lum. Olimar uni ko'p jihatdan nardaga qiyoslashyapti, deb yozadi korrespondent.net.