2021/22 o'quv yilida tibbiyot oliygohlari bo'lmagan Qarshi davlat universiteti, Jizzax davlat pedagogika instituti, Navoiy davlat pedagogika instituti va Guliston davlat universitetlarida tibbiyot yo'nalishidagi fakul`tetlar tashkil etiladi. Bu haqda «Taraqqiyot strategiyasi» markazi tashabbusi bilan o'tkazilgan xalqaro forumda SSV vakili O'ktam Ismailov ma'lum qilgan.

Ismailovning so'zlariga ko'ra, koronavirus pandemiyasi davrida O'zbekiston bo'ylab qariyb 30 ming o'rinli davolash maskanlari tashkil etilgan.

Ushbu maskanlar 85 mln dollarlik 3 ta MSKT, 56 ta rentgen, 2 303 ta funktsional krovat, 2 960 ta SIPAP, 5 537 ta kislorod kontsentratori, 1 850 ta IVL, 1 564 ta kardiomonitor, 150 ta PZR apparati va boshqa zaruriy anjomlar bilan ta'minlangan.

2021 yilda qo'shimcha ravishda 100 ta oilaviy shifokor punkti va 24 ta oilaviy poliklinika tashkil etiladi.