Hindistonda allaqachon oʻz muxlislariga ega ushbu film endi oʻzbek kinoixlosmandlari uchun namoyish etilmoqda. Umumiy qiymati toʻrt yuz qirq ming AQSH dollariga baholangan film 25 yoshli boyvachcha Karanning sarguzashtlari haqida hikoya qiladi.

Yaxshisi filmni oʻzingiz tomosha qiling. Badiiy kecha davomida hind qoʻshiqlari, ajoyib filmlar namoyishi, mashhur hind aktyorlari bilan uchrashuv sizni kutmoqda. 13-sentyabr kuni 19:00 da “Xalqaro anjumanlar saroyi”ga tashrif buyuring!

Kinematografiya agentligi Axborot xizmati