Yevropa Ittifoqi tomonidan tasdiqlangan koronavirusga qarshi toʻrtta vaksina ham odamlarni “delta” shtammidan himoya qila oladi, deydi Dori-darmon vositalari boʻyicha Yevropa agentligi (EMA) departamenti boshligʻi Marko Kavaleri.
“Biz tez tarqaladigan “delta” hamda virusning boshqa mutatsiyalaridan qanday himoyalanish yoʻllari haqida maʼlumotlarga egamiz. Toʻrttala vaksina ham Yevropada kuzatilayotgan koronavirusning turli koʻrinishlari, xususan “delta”dan ham himoya qila oladi”.