Dunyoning 20 ga yaqin mamlakatidan 450 nafarga yaqin sportchi qatnashayotgan bahslarda Oʻzbekiston terma jamoasi ham katta tarkib bilan ishtirok etyapti. Kattalar oʻrtasidagi bahslarda hamyurtlarimizdan Hamidullo Saidnazarov (63 kg), Shodilbek Ergashev (78 kg), Nuriddin Ergashev (85 kg) va Javohir Qurbonov (95 kg) jahon chempionatining oltin medalini qoʻlga kiritdi.
Yoshlarimiz esa 13 ta oltin, 4 ta kumush, 4 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida uchinchi oʻrinni band etdi. Faxriylar oʻrtasidagi bahslarda Vohiddin Najmiddinov jahon chempioni boʻldi.
Chempionat doirasida Xalqaro tosh koʻtarish federatsiyasining taʼsis konferensiyasi tashkil etildi. Unda xalqaro maydonda tosh koʻtarish sportini ommalashtirish masalalari sarhisob qilindi. Oʻtkazilgan saylov jarayonida Oʻzbekiston bahodirlar oʻyinlari va tosh koʻtarish federatsiyasi raisi Vohiddin Najmiddinov Xalqaro tosh koʻtarish federatsiyasi ijroiya qoʻmita raisi oʻrinbosarligiga saylandi.
Bugun, 1-noyabr kuni chempionatning navbatdagi bahslarida uchta medallar jamlanmasi uchun kurash boʻlib oʻtadi. Unda hamyurtlarimizdan Bahodirjon Yoʻlchiyev sovrinli oʻrinlar uchun bahs olib boradi.