Qatnovlar 2021-yil 28-yanvar va 2021-yil 2-fevral kunlari amalga oshiriladi — shu kunlarda Toshkent — Seul yoʻnalishi boʻyicha amaldagi viza bilan xorijiy fuqarolarni tashish quyidagi shartlar asosida amalga oshiriladi:
1. Amaldagi kirish vizasining mavjudligi (2020-yil 05.04.gacha berilgan turdagi vizalar bundan mustasno);
2. Koreyaning Oʻzbekistondagi elchixonasi tomonidan tasdiqlangan laboratoriyalarning biri tomonidan uchish sanasidan 72 soatdan oshmagan vaqt davomida berilgan PZR usuli bilan olingan COVID-19 uchun salbiy test natijasining mavjudligi.
Maʼlumotnoma Koreyaning Oʻzbekistondagi elchixonasi muhri bilan tasdiqlangan boʻlishi kerak!
3. Koreya tomonidan cheklovlar sababli oʻrindiqlar soni cheklangan. Bizning qatnovlarimizga ruxsat etilgan maksimal yoʻlovchilar soni — 165 yoʻlovchi.
Shuningdek, koʻrsatilgan sanalarda Toshkentdan Inchxon aeroporti orqali uchib ketadigan tranzit yoʻlovchilarni tutash vaqti 24 soatdan kam boʻlgan, Koreyaning Oʻzbekistondagi elchixonasi tomonidan tasdiqlangan PZR-test maʼlumotnomasi boʻlishi sharti bilan uchinchi mamlakatlarga tashish imkoniyati mavjud.
Soʻnggi manzil yoki undan keyingi tranzit mamlakatlariga kirish qoidalariga rioya qilish uchun javobgarlik tranzit yoʻlovchilar zimmasiga toʻliq yuklatiladi.
Boshqa kunlari rejalashtirilgan qatnovlar uchun (2021-y. 01.21., 2021y. 02.04., 2021y. 02.18.) avvalgi cheklovlar amal qiladi, yaʼni Koreyaning Oʻzbekistondagi elchixonasi tomonidan tasdiqlangan PZR-test maʼlumotnomasiga ega faqat Koreya fuqarolari va F-5, F-6 vizalari boʻlgan chet el fuqarolari qatnovlarga qoʻyiladi.
Ushbu qatnovlarda tranzit yoʻlovchilarining tashuvi amalga oshirilmaydi.
Koreya Respublikasiga kelgandan soʻng, barcha yoʻlovchilar PZR-test topshirishlari va yashash joylarida 14 kunlik oʻzini oʻzi izolyatsiya qilishlari shart. Oʻzini izolyatsiya qilish joyi boʻlmagan yoʻlovchilar oʻz hisoblaridan yashash davri uchun 2 100 000 KRW toʻlab, maxsus davlat karantin muassasalarida oʻzini izolyatsiya qilishlari shart, deb xabar beradi “Uzbekistan Airways”” aviakompaniyasi matbuot xizmati.