Toshkent – Budapesht oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri aviaqatnovlar yoʻlga qoʻyiladi

    Transport 15 May 2023 1043

    Transport vaziri oʻrinbosari Jasurbek Choriyev Vengriyaning Oʻzbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Dyula Kovach boshchiligidagi delegatsiya vakillari bilan uchrashdi.

    O‘zbekistonning rezident aviakompaniyalari vakillari ishtirokida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda tomonlar O‘zbekiston va Vengriya poytaxtlari o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish bilan bog‘liq jihatlarni muhokama etishdi.

    Masalaning texnik va iqtisodiy jihatlarini batafsil muhokama etgan holda yakuniy to‘xtamga kelish maqsadida ikki mamlakat vakolatli organlari vakillari ishtirokida yaqin orda muzokaralar o‘tkazishga kelishib olindi.