Manbaga koʻra, 2022-yil 26-may kuni “Toshkent MTU” UK yoʻlsozlari tomonidan “Toshkent – Hojikent” yoʻnalishidagi temir yoʻlda navbatdagi kapital taʼmirlash ishlari amalga oshiriladi. 

Shu bois, poyezdlar harakat xavfsizligi hamda yoʻlovchilar xavfsizligini taʼminlash maqsadida, shu kuni soat 10:00 dan 16:00 ga qadar “Toshkent – Hojikent – Toshkent” yoʻnalishida harakatlanadigan 6430 hamda 6435-sonli shaharlararo yoʻlovchi poyezdlar qatnovi bekor qilinadi.

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ rahbariyati noqulaylik uchun yoʻlovchilardan uzr soʻraydi.