Toshkent – Maxachkala – Toshkent yoʻnalishi boʻyicha yangi muntazam aviaqatnovlar yoʻlga qoʻyildi

    Bir tomonga aviachiptalar narxi 1 200 000 soʻmdan, Toshkent – Maxachkala – Toshkent yoʻnalishi boʻyicha esa 3 444 000 soʻmdan boshlanadi.

    Toshkent – Maxachkala – Toshkent yoʻnalishi boʻyicha yangi muntazam aviaqatnovlar yoʻlga qoʻyildi. Bu haqda “Oʻzbekiston havo yoʻllari” maʼlum qildi.

    Aviaparvozlar shu yilning 9-mayidan boshlab, haftaning har payshanba kunlari amalga oshiriladi.

    Toshkentdan joʻnab ketish soat 19:40 da, Toshkent vaqti bilan; •

    Maxachkalaga yetib kelish soat 20:50 da, Maxachkala vaqti bilan; •

    Maxachkaladan joʻnab ketish soat 22:00 da, Maxachkala vaqti bilan; •

    Toshkentga yetib kelish soat 02:45 da, Toshkent vaqti bilan.

    Bir tomonga aviachiptalar narxi 1 200 000 soʻmdan, Toshkent – Maxachkala – Toshkent yoʻnalishi boʻyicha esa 3 444 000 soʻmdan boshlanadi.