“Toshkent — Qarshi — Toshkent” yo'nalishida qo'shimcha yo'lovchi poezdlar harakati yo'lga qo'yildi

    Bayram kunlarida yo'lovchilarni tashish maqsadida 2023-yilning 20-21-mart kunlari 780/779-sonli “Toshkent — Qarshi — Toshkent” “Afrosiyob” elektropoezdi yo'nalishida qo'shimcha 2 ta reys harakati yo'lga qo'yildi. Poezd amaldagi jadval asosida harakatlanadi.

    780-sonli “Toshkent — Qarshi” yo'nalishi

    Toshkent 07:00 — Qarshi 10:21

    779-sonli “Qarshi — Toshkent” yo'nalishi

    Qarshi 15:25 — Toshkent 18:50

    IZOH: Qo'shimcha ma'lumotni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo'l chiptaxonalari hamda ma'lumotlar byurosidan bilib olishingiz mumkin.

    Eslatib o'tamiz, chiptalarni nafaqat temir yo'l chiptaxonalaridan, balki elektron tarzda ushbu havola orqali xarid qilishingiz mumkin: chipta.railway.uz