“Uzbekistan Airways” AJ axborot xizmati xabariga ko'ra, Toshkent – Urganch – Toshkent yo'nalishi bo'yicha qo'shimcha qatnov qo'yilmoqda. Qatnov faqat 2022-yil 21-may kuni joriy etilishi ma'lum qilindi.

Qatnov quyidagi jadvalga muvofiq amalga oshiriladi:

Toshkentdan jo'nab ketish: 19:40

Urganchga yetib borish: 21:10

Urganchdan jo'nab ketish: 22:00

Toshkentga yetib borish: 23:20

Aviachiptalarni aviakompaniyaning rasmiy saytidan 3 foiz chegirma bilan, “Uzbekistan Airways” Sales filialidan yoki aviakompaniya agentlaridan xarid qilib olish mumkin.