Toshkent – Xoʻjand – Toshkent xalqaro avtobus yoʻnalishida muntazam qatnovlar qayta tiklandi

    Transport 27 Oktabr 2021 2195

    Ushbu yoʻnalishda muntazam avtobus qatnovlari har kuni amalga oshiriladi. Oʻzbekiston tomonidan tashuvchi “Uzautotrans service” korxonasi “YUTONG” rusumli avtobuslarida yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatadi.

    Tojikiston tomonidan esa tashuvchi “Xolding Aziya Grupp Tadjikistan” ZAO ga qarashli “VANHOLL” rusumli avtobuslar ushbu yoʻnalishda harakatlanadi.

    Avtobuslar soat 09:00 va 18:00 da Toshkent avtovokzalidan joʻnaydi.

    Toshkentdan Xoʻjandgacha yoʻlkira haqi 100 000 soʻm etib belgilangan, deya xabar beradi Transport vazirligi Axborot xizmati.