Musobaqa dasturiga kiritilishi kutilayotgan aksariyat sport turlari boʻyicha 2008-2009-yillarda tugʻilgan yoshlar gʻoliblik uchun bahs olib boradi.
Respublika Olimpiya zaxiralari kollejida hozirdan ushbu musobaqalarga puxta hozirlik koʻrish maqsadida seleksiya ishlariga jiddiy eʼtibor qaratilmoqda. Shu maqsadda yunon-rum kurashi boʻyicha 2008-2009-yillarda tugʻilgan oʻsmirlar oʻrtasida ROZK Ochiq chempionati oʻtkazildi.
Musobaqada yurtimizning 520 nafar iqtidorli yoshlari gʻoliblik uchun oʻzaro bellashdi. Maqsad – ushbu yosh toifasida eng iqtidorli va kuchli yoshlarni saralab olish, ularni ROZKga oʻqishga qabul qilish hamda 2025-yil poytaxtimizda boʻlib oʻtadigan yoshlar Osiyo oʻyinlariga har tomonlama puxta tayyorgarlik koʻrishdan iborat.
Bu kabi seleksiya ishlari boshqa sport turlarida ham amalga oshirilishi belgilangan.