Bu haqda Transport vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Toshkent aeroportidagi mahalliy aviaqatnovlar terminalining kirish yoʻlagiga oʻrnatilgan yoʻl kameralarini Oʻzbekistonning yoʻl harakati xavfsizligi tizimlari bilan integratsiyalash ishlari yakunlanmoqda.

Shunday qilib, 2024-yil 15-maydan boshlab tizim avtomatik ravishda ishlaydi. Kirish yoʻlagida ruxsat etilgan toʻxtash vaqtidan oshiq turgan haydovchilar avtomatik ravishda jarimaga tortiladi.

Terminalga qisqa muddatli kirish yengil avtomobillar uchun 5 daqiqagacha, sayyohlik avtobuslari va mikroavtobuslar uchun 10 daqiqagacha boʻlgan vaqtga barchaga ruxsat etiladi.