Viloyat IIB axborot xizmatining xabar berishicha,
toʻy marosimida qatnashgan barcha transport vositalari va ularning haydovchilari shaxsiga oydinlik kiritilib, MJtKning 128-5 moddasi 2-qismiga koʻra, maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan va transport vositalari vaqtincha ushlab turishi uchun jarima maydonchasiga joylashtirilgan.
Shuningdek, avtomashinadan tanasini chiqarib harakatlangan yoʻlovchilarga nisbatan hududiy profilaktika inspektorlari tomonidan surishtiruv oʻtkazilib, belgilangan tartibda qonuniy chora koʻrilishi belgilanmoqda.