Maʼlumotlarga qaraganda xonanda Jahongir Otajonov yoʻl qoidalarini buzib, oʻzining “Zeekr X” avtomobilida soatiga 195 km tezlikda harakatlanganini videoga olib oʻzining Instagram sahifasiga joylagan.
“Kecha Zeekr qancha tezlikka chiqarkan deyishgandi. Qani koʻramiz. Sharoit bor chiqarishga. Koʻryapsizlarmi tezlikni soatiga 195 kmga chiqardim, uyogʻiga harakat koʻp ekan, toʻgʻrisi, qoʻrqdim. Balki 200 ga ham chiqar”, — deydi u videoda.
Maʼlumot uchun: Videoda xonanda qoidabuzarlikni aholi yashash punktidan tashqarida, avtotrassada sodir etganini koʻrish mumkin. Bunday joylarda ruxsat etilgan maksimal tezlik soatiga 100 km ayrim hududlarda esa — 110 km/soatni tashkil etadi.