Qayd etilishicha, Pekindan qaytgan yoʻlovchi qiymati 145 mln. soʻmlik, Dubaydan qaytgan yoʻlovchi esa 60 mln. soʻmlik qimmatbaho soatni “yashil” yoʻlak orqali olib oʻtishga uringan vaqtida toʻxtatib qolindi.
Har ikkala holatda ham soatlar jismoniy shaxslar tomonidan tovarlarni bojsiz olib kirish meʼyoridan ortiqcha boʻlgan.
Shuningdek, “Istanbul-Toshkent” reysi boʻyicha parvozini yakunlagan yoʻlovchi esa ruxsat etilgan 65 gr. ogʻirlikdagi zargarlik buyumlaridan tashqari yana 40 gr. tilla taqinchoqlarni olib kirishga uringan vaqtida fosh qilindi.
Qiymati 50 mln soʻmlik ushbu zargarlik buyumlari shaxsiy koʻrik davomida yoʻlovchining choʻntagida aniqlangan.
Eslatib oʻtamiz, jismoniy shaxslarga shaxsiy ehtiyoj uchun 65 gr.gacha ogʻirlikdagi zargarlik buyumlarini bojsiz olib kirishga ruxsat etiladi. Ammo, bu tovarlarni bojsiz olib kirishning umumiy meʼyorlari doirasida boʻlishi kerak.