Toshkent aeroportida mahalliy sportchilar Oʻzbekistonda birinchi “Ginnes” sport rekordini oʻrnatishdi

    Rekord birinchi urinishdayoq oʻrnatildi.

    2024-yil 15-may kuni Toshkent xalqaro aeroportida olti nafar oʻzbekistonlik sportchilar 13 tonnalik samolyotni tortishdi.

    Bu Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan mutlaq rekordga aylandi.

    Ginnesning rekordlar kitobi komissari Mbali Masechaba Nkosi xonim ishtirokida Oʻzbekiston bodibilding va fitnes federatsiyasi jamoasi ogʻirligi 13500 kg boʻlgan “Silk Avia” aviakompaniyasining ATR 72-600 samolyotini 100 metr masofaga 46,7 soniyada tortib borishga erishdi. Qayd etish joizki, rekord birinchi urinishdayoq oʻrnatildi.

    “Guinness World Records”ning tomonidan samolyotni 60 soniya ichida tortib borish edi.

    Dastlabki mashgʻulotlar davomida sportchilar turli natijalarni koʻrsatishdi, biroq 15-may kuni koʻrsatilgan 46,7 soniya eng yaxshi natija boʻldi.