Milliy Olimpiya qoʻmitasi maʼlumotiga koʻra, tadbirda 2023-2024-yillarda gimnastikaning barcha yoʻnalishlari boʻyicha Osiyo chempionatlarini oʻtkazishga nomzod davlatlar masalasi koʻrib chiqildi.
Ovoz berish natijalariga koʻra, Oʻzbekiston 2023-yil oktyabr oyida Akrobatika boʻyicha Osiyo chempionati, 2024-yil may oyida Sport gimnastikasi boʻyicha XXXIII yozgi Olimpiya oʻyinlariga yoʻllanma beruvchi yoshlar va kattalar oʻrtasidagi Osiyo chempionati va Badiiy gimnastikasi boʻyicha XXXIII yozgi Olimpiya oʻyinlariga yoʻllanma beruvchi yoshlar va kattalar oʻrtasidagi Osiyo chempionatlariga mezbonlik qilish huquqini qoʻlga kiritdi.
Bundan tashqari, joriy yildi mamlakatimizda Sport gimnastikasi va Parkur murabbiylari uchun majburiy oʻquv kurslari tashkil etiladi.
AGU Bosh Assambleyasi tadbiri davomida, shuningdek, Osiyo gimnastika ittifoqi prezidenti, AGU vitse-prezidentlari (zonalar boʻyicha), Ijroiya qoʻmita aʼzolari, gimnastika yoʻnalishlari boʻyicha texnik qoʻmitalari rahbarlari ham ovoz berish yoʻli bilan aniqlandi. Ovoz berish natijalariga koʻra, Rahmon Al Shatri (Qatar) AGU prezidenti etib qayta saylandi.
Oʻzbekiston gimnastika federatsiyasining bir qator vakillari AGUda turli lavozimlarga saylanishdi.