Aynan shu maqsadlarni nazarda tutgan holda, Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida Anatoliy Karpov nomidagi shaxmat maktabining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Unda shaxmat boʻyicha 16 karra Jahon chempioni, taniqli grossmeyster, Rossiya Federatsiyasi Davlat dumasi deputati Anatoliy Karpov hamda Ural davlat iqtisodiyot universiteti rahbariyati mehmon boʻldi.
Buyuk shaxmat ustasi A.Karpov soʻzga chiqarkan, universitet jamoasi hamda boʻlajak iqtisodchilarga muvaffaqiyat tiladi. Qolaversa, shaxmat sport turi kishi aqliy qobiliyatlarini yuzaga chiqarish, tizimli fikrlashida gʻoyatda katta ahamiyat kasb etishini taʼkidladi.