Toshkent davlat Stomatologiya instituti Rossiya Xalqlar doʻstligi universiteti bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻydi

    Ta'lim 21 Sentabr 2021 2557

    Toshkent davlat Stomatologiya instituti hamda Rossiya Xalqlar doʻstligi universiteti hamkorligida qoʻshma taʼlim dasturi tashkil etildi.

    Dasturda Oliy taʼlim muassasalari orasida hamkorlikni kengaytirish, xalqaro standartlar asosida tibbiy xizmatlar sifatini oshirishni taʼminlash, ilmiy salohiyatni kuchaytirish maqsadi koʻzda tutilgan.

    Rossiyaning mazkur universiteti dunyo reytingi boʻyicha eng yuqori 500 talikka kirgan. Dunyoda 25 000 dan ortiq oliy taʼlim muassasalari mavjud boʻlib, QS ularning eng yaxshilarining reytingini koʻrsatadi.

    Bu yerda RUDN – 326-oʻrinda. Toshkent davlat Stomatologiya instituti Rossiyaning mazkur nufuzli universiteti bilan “Stomatologiya” va “Davolanish” yoʻnalishlarini tashkil qilgan.

    Kelajakka yoʻnaltirilgan, zamonaviy talablarga javob beradigan yangi taʼlim tizimining yaratilishi, davlat innovatsion rivojlanishining muhim shartlaridan biri boʻlib, jamiyatning iqtisodiy oʻsishi va ijtimoiy rivojlanishining asosi va fuqarolar farovonligining muhim omili hisoblanadi.

    Taqdimot davomida mazkur dasturning mahalliy kadrlar tayyorlashdagi oʻziga xos oʻrni, oʻquv dasturi xalqaro talablarga mos ravishda tuzilganligi, taʼlim jarayoni Toshkent davlat stomatologiya instituti negizida tashkil etilishi talabalarga qulaylik tugʻdiradi.

    Bakalavriatura dasturini muvaffaqiyatli bitirib, bitiruv malakaviy ishini himoya qilgan bitiruvchilar ikkala oliy oʻquv yurtining diplomlariga ega boʻladi va dunyoning istalgan hududida kasblari doirasida faoliyat olib borishlari mumkin, deb xabar beradi Sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot xizmati Toshkent davlat Stomatologiya instituti maʼlumotiga tayanib.