баннер
23 Mar 2025
13:08

    Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filialida Navroʻz sayli oʻtkazildi

    Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filialida “Qadriyatlaring boqiy boʻlsin, Navroʻz!” shiori ostida bayram sayli boʻlib oʻtdi.

    Ushbu tadbirda filial jamoasi tomonidan qadriyatlarimizni tarannum etuvchi urf-odat va anʼanalarimiz aks etgan dekoratsiyalar, milliy liboslar, milliy taomlar, hunarmandchiligimizni namoyon etadigan va bahoriy kayfiyat bagʻishlaydigan koʻrgazmalar hamda milliy raqs va kuy qoʻshiqlar namoyish etildi.

    Yurtimizdagi qadriyatlar bilan uygʻunlashgan bayram saylida Filial direktori A.Samadov ham ishtirok etib, jamoa aʼzolarini ona tabiatning eng goʻzal bayrami bilan tabriklab, kasbiy faoliyatlarida zafarlar tiladi.

    Bayram sayli ijodkor talabalarning konsert dasturi, sport musobaqalariga ulanib ketdi.

    Bahoriy taomlar bilan bezatilgan dasturxonlar, xalqona oʻyin-kulgilar va qiziqarli musobaqalar barchaga quvonch ulashdi.


    Hamkorlik materiali

    Telegram kanalimiz
    Text to speech