“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ hamkorligida tashkil etilgan o'quv markazi elektr tarmoqlarini loyihalashtirishga mo'ljallangan zamonaviy IT xonasi, “ASKUE” fanidan amaliy mashg'ulotlar uchun laboratoriya va “Elektr ta'minoti” o'quv poligonidan tashkil topgan.

Markazning o'quv xonalari bugungi kunda ishlab chiqarishda amalda qo'llanilayotgan zamonaviy dasturlar va texnik qurilmalar bilan boyitilgan bo'lib, bularning barchasi energetika sohasi uchun malakali va sifatli kadrlar tayyorlashga asos bo'lib xizmat qiladi.

Tadbirda ishtirok etgan Oliy va o'rta maxsus ta'lim vaziri o'rinbosari Rahimjon Hakimov markaz haqida shunday dedi: “O'quv markazining foydalanishga topshirilishi oliy ta'lim va ishlab chiqarish korxonasining o'zaro hamkorligi natijasidir. Shuningdek, o'quv jarayoni sifatining oshishiga xizmat qilishi bilan birga, oliy ta'lim muassasasi professor-o'qituvchilari zimmasiga ham katta mas'uliyat yuklaydi va bu energetika tizimi uchun bugungi kun talabiga javob beradigan etuk, malakali kadrlar tayyorlash bilan ifodalanadi.