Toshkent dunyodagi eng arzon shaharlar oʻntaligiga kirdi

    Reytingda har bir shahardagi 200 dan ortiq toifalarning nisbiy qiymatini oʻlchanadi.

    Bularga uy-joy, transport, oziq-ovqat, kiyim-kechak, uy-roʻzgʻor buyumlari va oʻyin-kulgi kiradi.

    Toshkent chet ellik ishchilar uchun eng arzon shaharlar reytingida bir yilda uch pogʻona pastlab, oʻninchi oʻrinni egalladi.

    Toshkent Tunis, Durban (Janubiy Afrika), Anqara va Vindxukdan (Namibiya) keyingi oʻrinda.

    Dunyoning eng qimmat joylari oʻntaligiga Yevropaning besh shahri kiradi, ulardan toʻrttasi Shveysariyada, beshinchi oʻrinda Kopengagen joylashgan.

    Reytingda dastlabki ikki oʻrin Osiyo shaharlariga nasib etgan: Gonkong va Singapur. Ushbu roʻyxatga Nyu-York, Tel-Aviv va Nassau (Bagama orollari) ham kiradi.